“O'zbek tili” kursi tashkil etildi.


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazida oʻzbek tilini oʻrganuvchilar uchun “Oʻzbek tili” kurslari tashkil etildi.

Oʻquv mashgʻulotlari uchun hech qanday toʻlovlar talab qilinmaydi. Oʻquv kursining afzalligi:

jonli muloqot, anʼanaviy darslar;

— 10-12 nafarli kichik guruhlar;

— 144 soatga moʻljallangan maxsus oʻquv dasturi;

— barcha qulayliklarga ega zamonaviy oʻquv xonalari;

— malakali mutaxassislarning qiziqarli darslari;

— darajali sertifikat.