Markaz haqida

Tashkilot

Markazning joylashuvi. O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi binosi Toshkentdagi mashhur Xastimom majmuasida 7 gektar maydonda joylashgan. Markaz binosi. Islom sivilizatsiyasi markazining uch qavatli binosi....
Batafsil

Markazning asosiy maqsadi va vazifalari

Markaz faoliyatidan ko‘zlangan asosiy maqsad islom diniga oid boy va betakror merosni ilmiy asosda chuqur o‘rganish, o‘zida yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida har tomonlama tasavvur hosil qilishdan iborat. bizning yurtimiz....
Batafsil

Yangiliklar

19:34 /
06.02.2026

9–10 aprel: Amir Temur merosi jahon olimlarini Toshkentga jamlaydi

Joriy yilning 9–10 aprel kunlari Toshkentda “Amir Temur va temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi oʻrni va ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya boʻlib oʻtadi. Mazkur anjuman Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlashga qaratilgan Prezident qarori doirasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etilib, temuriylar merosini ilmiy asosda oʻrganish va uni xalqaro maydonda targʻib etishga xizmat qiladi.

Videolavhalar

Virtual sayohat
O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi hududi 7,5 gektarni tashkil etadi. Bino uzunligi 161 metr, eni 118 metr bo‘lib, uch qavatdan iborat bo‘ladi. Markazdagi gumbazning balandligi 67 metrni tashkil qiladi. Bino 1,8 gektar maydonda qurilgan, umumiy foydalanish maydoni 42 ming kvadrat metrni tashkil etadi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi binosining tashqi ko‘rinishi hamda bino ichidagi muzey, kutubxona, restavratsiya xonalari va boshqa qiziqarli joylarga virtual 3D sayohatga xush kelibsiz.
Bizning loyihalarimiz

Hamkorlar