Ramazonda ma'rifat ulashamiz


Ramazonda ma'rifat ulashamiz!

6 - 7 aprel kunlari Toshkent shahridagi “Hazrati Imom” majmuasi maydonida O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan “Kitob – kamolot kaliti” II хalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasi tashkil etilmoqda. 

Ko'rgazmada 40 ga yaqin xorijiy va mahalliy nashriyot, bosmaxonalar, ilmiy markazlar diniy-ma'rifiy, ilmiy-ommabop hamda badiiy adabiyotlari bilan ishtirok etadi.

Tadbirda "Kitobsevar millat" umummiliy shior ostida taniqli yozuvchi va ijtimoiy faol blogger bilan davra suhbatlari tashkil etiladi. 

Shuningdek, tadbir davomida "Tarix zarvaraqlarida turk olami" mavzusida fotoko‘rgazma hamda yosh xattotlar tomonidan mahorat darslari bilan birgalikda ijod namunalari tashrif buyuruvchilar e’tiboriga havola qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:

+998 99 816 04 68
+998 90 372 66 60
+998 93 758 94 48
+998 97 597 38 35

@Islommarkazi_bot

#kitobsevarmillat