Tarix yoshlar uchun zamonaviy ifoda bilan uygʻunlashmoqda
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida yaratilayotgan ekspozitsiyalarda anʼanaviy ifoda vositalari zamonaviy texnologiyalar bilan uygʻunlashtirilmoqda. Qoʻlyozmalar, maketlar, tarixiy artefaktlar va mulyajlar qatorida interaktiv yechimlar, 3D animatsiyalar, raqamli vizualizatsiyalar, virtual koʻrgazmalar va maxsus videokontentlar keng qoʻllanilmoqda.