Islom merosining bebaho xazinasi namunalari Oʻzbekistonga tarixiy qaytishi arafasida Londonda namoyish etildi
Londonda muhim madaniy voqea boʻlib oʻtdi: Buyuk Britaniyada ilk bor Oʻzbekiston tarixi bilan bogʻliq, Islom sivilizatsiyasining oltin davrlariga oid noyob Qurʼon qoʻlyozmalari va tarixiy artefaktlardan iborat kolleksiya namoyish etildi.