“Sivilizatsiyalar, shaxslar va kashfiyotlar devori”: Islom sivilizatsiyasining vizual ensiklopediyasi yaratilmoqda
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Sivilizatsiyalar, shaxslar va kashfiyotlar devori” deb nomlangan yangi ekspozitsiya konsepsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi. Ushbu keng koʻlamli uchrashuvda markaz olimlari, ilmiy xodimlar, mutaxassislar hamda xalqaro tajribaga ega dizaynerlar ishtirok etdi.