Islom sivilizatsiyasi markaziga XVI asrda koʻchirilgan “Shohnoma” sahifasi taqdim etildi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kontenti yana bir noyob madaniy meros bilan boyidi. Ushbu durdona asar taxminan 1585 yillarda Markaziy Osiyoda koʻchirilgan. 50 mingdan ortiq baytni oʻz ichiga olib, qadimgi davrlardan to Sosoniylar sulolasigacha boʻlgan tarix, qahramonlik dostonlari va afsonalarni qamrab oladi.