Shohruh Mirzoning 1422 yildagi nishoni – Islom sivilizatsiyasi merosidagi nodir hujjat
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan joy oladigan nodir yozma manbalar orasida Shohruh Mirzoning 1422 yilda yozilgan nishoni alohida ahamiyatga ega. Mumtoz oʻzbek tilida bitilgan ushbu hujjat oʻrta asrlar diplomatik va huquqiy yozma madaniyatining yuksak namunalaridan biri sifatida tarixiy qimmatga ega.