Muhabbat va qudrat timsoli
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyining “Ikkinchi Renessans” boʻlimida namoyishga tayyorlanayotgan miniatyuralar orasida Temuriylar sulolasining yirik ayoli — Saroymulkxonim, xalq orasida Bibixonim nomi bilan mashhur boʻlgan Temuriy malika alohida oʻrin tutadi. Uning shaxsiyatida muhabbat va qudrat uygʻun boʻlgan: bir tarafdan Amir Temurning sevikli rafiqasi, ikkinchi tarafdan esa zakovatli maslahatchi, maʼrifat homiysi va davlat ishlariga taʼsir koʻrsata olgan ardoqli shaxs sifatida namoyon boʻladi.