Ilk marta fors tilida sheʼr yozgan ayol kim edi?
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasi uchun Somoniylar davrida yashagan, fors tilida sheʼr yozgan ilk ayol — Robiya Qazdoriy haqida kontent tayyorlanmoqda. U X asrdagi mashhur fors va arab tilida sheʼr yozgan adibalardan biri boʻlib, fors tilida sheʼr yozgan birinchi ayol shoir sifatida tanilgan. Uning hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlar asosan adabiy manbalar va tasavvufiy adabiyotlar orqali yetib kelgan.