Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi uchun vitrinalar Italiyada ishlab chiqarilishi mumkin

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Italiyaning “Magister art” kompaniyasi vakillari bilan onlayn muloqot boʻlib oʻtdi. Muloqotda Markaz rahbariyati va xodimlar hamda ushbu kompaniya masʼullari, FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti vakillari ishtirok etdi.

 

Xalqaro kompaniya Italiyadagi yirik muzeylar uchun jihozlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boʻlib, joriy yil fevral oyida ushbu mamlakatga amalga oshirilgan xizmat safarida dastlabki kelishuvlarga erishilgan.

 

Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilayotgan ushbu Markaz loyihalarida ishtirok etayotganimizdan mamnunmiz. Biz ushbu markaz muzeyida namoyish qilinadigan eksponatlar roʻyxati bilan tanishib chiqyapmiz. Tez orada ushbu ekspozitsiyalar uchun vitrinalar loyihasini Markaz jamoasiga taqdim etamiz— dedi kompaniya rahbari Renato Saporito.