Yuz nafar buyuk oʻzbek allomalari haqida kreativ roliklar tayyorlanadi
Yuz nafar buyuk oʻzbek allomalari haqida kreativ roliklar tayyorlash loyihasi ishga tushiriladi. Ushbu media-loyihalar butun dunyoga Oʻzbekistonning taniqli tarixiy shaxslari, kashfiyotlari, zamonaviy ilm-fan va texnikaning asosiga aylangan oʻzbek olimlari, faylasuflar va mutafakkirlar haqida hikoya qiladi. Bu haqda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xodimlari va hamkor tashkilotlar vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda maʼlum qilindi.
Unda Markaz rahbari Firdavs Abduxoliqov, Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori, professor Bahrom Abduhalimov va Ishchi guruh vakillari ishtirok etdi.
Mazkur roliklarda buyuk allomalar merosini global darajada taqdim etish uchun dunyo yulduzlarining hikoyachi sifatida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Morgan Friman, Denzel Vashington, Mel Gibson, Burak Ozchivit, Ben Kingsli, Anjelina Joli shular jumlasidandir. Shu bilan birga sunʼiy intellekt (SI) yordamida portretlar yaratish imkoniyati, elektron formatda “Live library” tashkil etish va loyihalar namunasi koʻrib chiqildi.
Shuningdek, muhokamada Markaz ekspozitsiyasini tashkil etish uchun olib borilayotgan ishlar, xorij muzeylari bilan hamkorlikdagi ishlarning bosqichi, ekspozitsiyadan oʻrin oladigan roliklar, elektron materiallar, koʻrgazmalar tayyorlash kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi. Bundan tashqari, yoʻnalishlar boʻyicha ish rejasini tuzish, "Outdoor Factory" kompaniyasi bilan olib borilayotgan ishlar bosqichi, “Vaqt devori” va boshqa loyihalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi