Markaz ekspozitsiyasida Amir Temur va jadidlar siymosi jonlantiriladi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati va muzey ekspozitsiyasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalasi muhokama etildi.
Onlayn tarzda oʻtgan uchrashuvda Markaz direktorining birinchi oʻrinbosari Firdavs Halimov, Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Oleg Pekos va boshqalar Markazni ilmiy-innovatsion loyihalar bilan boyitishga qaratilgan 800 dan ortiq loyiha doirasida qilinishi kerak boʻlgan ishlar haqida taklif va mulohazalar bildirib oʻtdi.
Yigʻilishda maʼlum qilinishicha, ayni kunda Markaz ekspozitsiyasi uchun Amir Temur va jadidlar siymosi jonlantirilib, ularni soʻzlatish va harakatga keltiradigan maxsus dastur ustida ish olib borilmoqda. Bunda suniy intellekt (SI) imkoniyatlaridan keng foydalanish koʻzda tutilgan.
Maʼlumot uchun, Markaz va Vazirlik hamkorligida ekspozitsiyaga virtual 3D tashrif dasturi, VR texnologiya va 360 gradusli tashrif dasturi tayyorlanadi. Shuningdek, Markaz veb-saytlari va platformalari takomillashtirilishi, binoda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etilishi taʼminlanadi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi