Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi "Karera kuni" mehnat yarmarkasida ishtirok etdi
Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetida oʻtkazilgan bitiruvchi talabalar uchun mehnat yarmarkasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ham ishtirok etdi.
Markaz vakillari yarmarkada oʻz takliflari va tashabbuslari bilan faol ishtirok etib, markazdagi boʻsh ish oʻrinlari hamda qabul jarayonlari haqida talabalarga batafsil maʼlumot berdi.
Yarmarka davomida markaz faoliyati, uning istiqbolli loyihalari, yosh mutaxassislardan kutiladigan tajriba va malakalar haqida tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, markazdagi ish sharoitlari, ilmiy-ijodiy muhit va rivojlanish imkoniyatlari haqida ham atroflicha fikr almashildi.
Taʼkidlash joizki, Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati talabalarda katta qiziqish uygʻotdi. 300 nafardan ziyod bitiruvchi nomzodlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishish va unda ishlash istagini bildirdi.
Mehnat yarmarkasi yosh mutaxassislar bilan samarali muloqot uchun muhim maydonga aylandi. Islom sivilizatsiyasi markazi esa kelgusida ilm-fan va maʼrifat yoʻlidagi saʼy-harakatlarini yosh mutaxassislar bilan yanada boyitishni niyat qilgan.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
