Qadimgi savdo yoʻllarini endi immersiv shoular yordamida koʻrish mumkin

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Islomdan avvalgi davr ekspozitsiyasining “Qadimgi savdo yoʻllari” sektorida immersiv shou va vaqt devori tashkil etiladi. Markazga tashrif buyuruvchi har bitta mehmonni tarix va texnologiya uygʻunligi kutmoqda. 

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Turkiyaning yetakchi kompaniyalaridan biri “Outdoor Factory” kompaniyasi vakillari hamda markaz xodimlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Islomdan avvalgi davr ekspozitsiyasini zamonaviy texnologiyalar bilan boyitish, immersiv shoular va oʻtish yoʻlidagi “Vaqt devori” loyihalari koʻrib chiqildi. 

"Tashkilotimiz vakili sifatida biz bu yerga Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini raqamli texnologiyalar bilan boyitish uchun keldik. Oʻtkazgan yigʻilishimiz, ajoyib boʻldi. Yigʻilishda raqamli texnologiyalarni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ekspotsiyasi ichiga qanday uygʻunlashtirish ishkoniyatlari borligi haqida gaplashdik. Bu loyihani yuksak tajribalar bilan taqdim etamiz. Markazga kirgan har bir inson loyihalarimizdan zavq bilan maʼlumot olishiga, islom dinini koʻrib, oʻrganib va maʼrifatdan xabardor boʻlib chiqishlari uchun oʻzimizning bor tajribamizni qoʻllashni rejalashtiryapmiz. Ishlarimiz davom etmoqda. Bor kuchimizni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining bunyodi uchun safarbar etdik.  

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi memorchilik jihatidan muhmasham. Tashqi koʻrinishi va xaybatiga til ojiz. Koʻrgan insonni hayratga soladi. Ichkari ekspozitsiyasini ham tashqarisi kabi texnik jihatdan muhtasham boʻlishi uchun harakatdamiz", — dedi Outdoor Factory kompaniyasining raqamli texnologiyalar boʻyicha menedjeri Jansu Ergin.