Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida imkoniyati cheklanganlar uchun qulayliklar yaratiladi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi binosi muhtasham koʻrinishda barpo etilmoqda. Binoga toʻrt tomondan kirish  mavjud boʻlib, ularda imkoniyati cheklanganlar uchun alohida kirish va chiqish yoʻlaklari, maxsus koʻtarma panduslar oʻrnatilmoqda.  


Shuningdek, Markaz kutubxonasida koʻrishda nuqsoni bor kitobxonlar  uchun ilmiy-innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Unga koʻra,  Markaz fondi Oʻzbekiston sivilizatsiyasi, tarixi va madaniyati uchun ulkan hissa qoʻshgan allomalar ilmiy merosiga oid adabiyotlar Lui Brayl yozuvidagi boʻrtma nuqta shakllari yaratiladi. Allomalar ilmiy merosiga oid kitoblarning audio shakli yaratiladi. 


Shuningdek, kutubxonadan allomalar hayoti va ijodi, ular yozgan asarlarga ishlangan badiiy filmlarning tiflosharhlari oʻrin oladi. Ryegiston maydoni va Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining taktil varianti – 3D maketi va tifloizohi (tiflosharh)ni yaratish va imkoniyati cheklangan foydalanuvchilarni maxsus zonaga joylashtirish reja qilingan.


Maket uchun maxsus ovozli QR kod  yaratilib,  Registon maydoni hamda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi maʼlumotlar ovozlashtiriladi.