Yaponiya muzeylaridan Luvrgacha – tariximiz qaytarib olib kelinmoqda!
Oʻzbekiston tarixida ilk bor xalqaro miqyosdagi noyob tashabbus yoʻlga qoʻyilmoqda: Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari” loyihasi doirasida dunyoning turli muzeylarida saqlanayotgan eksponatlarning asl nusxalarini olib kelish rejalashtirilmoqda.

Jumladan, Yaponiyadagi muzeylardan tortib Parijdagi mashhur Luvr muzeyigacha saqlanayotgan koʻplab eksponatlar bizning mintaqa sivilizatsiyalar davri bilan bevosita bogʻliq. Shu sababli ham bu tarixni qayta tiklash, ularni Oʻzbekistonga qaytarish tashabbusi ilgari surilmoqda.
Loyihaning muhim jihati shundaki, eksponatlar nafaqat koʻrgazma uchun, balki chuqur ilmiy izlanishlar, taʼlim va madaniy tadbirlar asosida keng auditoriyaga taqdim etiladi. Har bir buyum oʻzida tarixni, tafakkurni, madaniyatni va eʼtiqodni mujassam qilgan. Endi bu boyliklar oʻz vatani – Markaziy Osiyoda yana porlaydi.


Maʼlumot uchun, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish maqsadida 9 ta yoʻnalish qamrab olingan boʻlib, 5 ta zal eksponatlar bilan boyitiladi. Ayni paytda barcha loyihalar 1-bosqich jarayonida va joriy yilning sentabr oyigacha muzey ekspozitsiyasini toʻldirish rejalashtirilgan.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi