100 dan ortiq loyiha, 100 dan ortiq tarixiy eksponat!
Oʻzbekiston tarixini chuqur oʻrganish, uni zamonaviy talqinda keng jamoatchilikka taqdim etish yoʻlida yana bir muhim qadam tashlandi. Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari” loyihasi doirasida navbatdagi ilmiy-muhokama uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda arxeologlar, tarixchilar, soha mutaxassislari, loyiha ijrochilari ishtirok etdi.
Muhokama davomida 100 dan ortiq ilmiy-tadqiqot loyihasi taqdim etildi. Har bir loyiha mazmunan chuqur oʻrganilib, tarixiy dalillarga asoslangan holda qanday ekspozitsiya koʻrinishida taqdim etilishi haqida fikrlar bildirildi. Bu ilmiy loyihalarning asosiy maqsadi – qadimgi sivilizatsiyalar, diniy eʼtiqodlar, shaharsozlik, mehnat madaniyati, ilk davlatlar shakllari haqida xalqimizga aniq va ravshan maʼlumot berishdir.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish maqsadida 9 ta yoʻnalish qamrab olingan boʻlib, 5 ta zal eksponatlar bilan boyitiladi. Ayni paytda barcha loyihalar 1 bosqich jarayonida va joriy yilning sentabr oyigacha muzey ekspozitsiyasini toʻldirish rejalashtirilgan.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
