Maxsus shtabda bir qator muhim uchrashuv va qizgʻin muhokamalar boʻlib oʻtmoqda
Islom sivilizatsiyasi markazi Maxsus shtabi 10 yoʻnalish boʻyicha taqdimotlar muhokamasini oʻtkazmoqda. Kuni kecha Shtab doirasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etiladigan kutubxona nafaqat kitoblar toʻplami, balki intellektual muhit, elektron tizimlar va zamonaviy qulayliklarni oʻzida mujassam etgan ilmiy maskan boʻlishi haqida soʻz bordi.
Bundan tashqari, Birinchi Renessans davri ekspozitsiyasining dizayni qanday koʻrinishda boʻlishi yuzasidan muhokama oʻtkazildi. Qolaversa, manzilda qanday sektorlar tashkil etilishi, qaysi eksponatlar joylashtirilishi va qanday mavzular yoritilishi atroflicha tahlil qilindi.
Kunning eng muhim yangiliklaridan yana biri bu — “Islomdan avvalgi davr” yoʻnalishi boʻyicha 100 dan ortiq muhim loyihalar muhokama qilindi. Unda Yaponiyadan tortib Luvr muzeyigacha koʻplab eksponatlarning asl nusxasini olib kelish rejalashtirilayotgani maʼlum qilindi.
Yana shuningdek, Oʻzbekistondagi megaloyiha kutubxonasi 200 kishiga xizmat qilishi kutilayotgani aytildi. OʻzITsM Maxsus shtab faoliyati shu kabi qizgʻin muhokamalarga boy boʻlmoqda.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi