O‘zbekistondagi megaloyiha kutubxonasi 200 kishiga xizmat qilishi kutilmoqda
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Markaz kutubxonasini dizayni, avtomatlashtirish tizimi va fondlarini boyitish masalalari muhokama etildi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, kutubxona fondida 30 mingdan ordiq kitoblar bo‘lishi kutilmoqda. Yig‘ilishda mamlakatimiz tarixi, madaniyati va sivilizatsiyasiga oid yana 5 ming kitoblarni ochiq auksionlardan sotib olish takliflari bildirildi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva Markaz kutubxonasini tashkil etish bo‘yicha mutaxassislar jalb qilingani haqida to‘xtalib o‘tdi. Markaz kutubxonasi Koha dasturi bilan avtomatlashtirilishi rejalashtirilgan. Uchrashuv davomida dasturning qulayliklari va afzalliklari haqida mutaxassislar maʼruzasi tinglandi.
Maʼlumot uchun, ushbu bo‘limda 26 ta ilmiy-innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Ertaga, 16-aprel sanasida Kutubxona bo‘limi uchun masʼullar o‘zlarining ilmiy-innovatsion loyihalari taqdimotini o‘tkazadi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi