Dmitriy Vixrukov: “Bu ilmiy-maʼrifiy inshoot Oʻzbekistonning katta yutuqlaridan biri”
Oʻzbekiston poytaxtida qad rostlagan Islom sivilizatsiyasi markazi bugungi kunda zamonaviy tafakkur va madaniy yangilanish timsoliga aylanib bormoqda.
Turli davlatlarning rasmiylari, tadqiqotchilari va ziyolilari uchun bu maskan Oʻzbekiston tarixining yorqin nigohi, ilm-fan va maʼnaviyat uygʻunligining jonli namunasi sifatida qiziqish uygʻotmoqda.

Mamlakatimizda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi delegatsiyasi ham Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Delegatsiya aʼzolariga Markaz muzeyidagi tarixning turli bosqichlariga bagʻishlangan ekspozitsiyalar, qadimiy va noyob qoʻlyozmalar hamda zamonaviy interaktiv ekspozitsiyalar haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Dmitriy Vixrukov, Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vaziri oʻrinbosari:
– Agar muzey haqida gapiradigan boʻlsam, eng avvalo, uning koʻlami va nafisligi kishini hayratga soladi. Bu yerda ulkan tarixiy meros zamonaviy texnologiyalar bilan uygʻunlashgan holda oʻta puxta namoyish etilgan. Oʻtmishning buyuk sahifalarini kelajak bilan bogʻlay olgan bunday makon oʻzida katta maʼno va ruhni mujassam etgan. Markaz bizda juda kuchli taassurot qoldirdi. Prezidentingiz rahnamoligida bunday ilmiy-maʼrifiy inshootning yaratilishi — Oʻzbekistonning katta yutuqlaridan biridir. Shubhasiz, bu joy dunyoning turli burchaklaridan keluvchi mehmonlarni hayratga soladi.
Tashrif davomida delegatsiya Markazning maʼrifiy salohiyati, innovatsion ekspozitsiyalari va xalqaro ahamiyatga ega ilmiy platforma sifatidagi imkoniyatlarini yuqori baholab, kelajakda hamkorlikni kengaytirish istagini bildirdilar.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma