Maxsus shtabda bir qator muhim uchrashuv va qizg‘in muhokamalar olib borildi

Dunyoda oʻxshashi yoʻq megaloyiha — Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining joriy yil sentabr oyida rejalashtirilayotgan ochilishi oldidan Maxsus shtab oʻz faoliyatini boshlagani haqida maʼlum qilingandi.

Shtab faoliyatida joriy yil 29 yanvarda Prezident Shavkat Mirziyoyev Markazga tashrif buyurib ekspozitsiyalar bilan tanishish davomida bergan zarur koʻrsatmalaridan kelib chiqib, markaz ekspozitsiyasini mazmunli kontentlar, tarixiy artefaktlar va mulyajlar bilan boyitish masalalariga katta eʼtibor qaratiladi. 

Shunga koʻra, bugun Maxsus shtabda bir qator muhim uchrashuv va qizgʻin muhokamalar olib borildi. Jumladan, Ishchi guruh vakillari Birinchi Renessans davri ekspozitsiyasi atroflicha muhokama qilinib, tegishli taklif va fikrlar bildirildi.