Nyu-York meri: “Bu markaz islomning haqiqiy mazmunini ochib beruvchi ulkan yutuq”

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga AQShning Nyu-York shahri meri Erik Adams boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlarga markazning asosiy yoʻnalishlari, ilmiy-maʼrifiy vazifalari va unda jamlangan boy tarixiy meros haqida batafsil maʼlumot berildi. Delegatsiya aʼzolari qadimiy qoʻlyozmalar, nodir artefaktlar, zamonaviy interaktiv texnologiyalar asosida yaratilgan ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdi.



-Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan bunyod etilgan mazkur markaz bilan tanishar ekanman, mahobati hayratga soldi. Islom sivilizatsiyasi markazini kezarkanman, islomning asl mohiyati — tinchlik, insonparvarlik va boy tarixiy merosga asoslangan ulkan sivilizatsiya ekani yanada chuqurroq anglashildi. Bu yerga kelgan har bir inson islomning jahon tamadduniga qoʻshgan ulkan hissasini xolis koʻrish va qayta kashf etish imkoniga ega boʻladi. Markazdagi zamonaviy texnologiyalar va sunʼiy intellekt asosida namoyish etilayotgan materiallar nihoyatda yuqori saviyada. Maʼlumotlarning videolar, interaktiv koʻrgazmalar hamda sunʼiy intellekt asosidagi vizual kompozitsiyalar orqali taqdim etilishi yosh avlod va barcha tashrif buyuruvchilar uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu, albatta, tahsinga sazovor, - dedi Nyu-York shahri meri Erik Adams.
Shuningdek, Nyu-York shahri meri Erik Adams markazni tomosha qilar ekan, Islomdan avvalgi davr, Birinchi Renesans davri va Qurʼoni Karim zali bilan yaqindan tanishdi.


Tashrif samimiy suhbat va fikr almashuvlar bilan yakunlandi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma