Ozarbayjon Milliy kutubxonasi direktori: «Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi kolleksiyasini boyitish burchimiz»

 

 

 

Ozarbayjonning Mirza Fatali Axundov nomidagi Milliy kutubxona direktori Kerim Taxirov Toshkentda oʻtkazilgan «Markaziy Osiyo: umumiy maʼnaviy - maʼrifiy meros — umumiy kelajak» xalqaro kongressi doirasida Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasi kolleksiyasini yanada boyitish umumiy burch ekanini taʼkidladi. 

 

– Hozir bizda butun dunyoga islomning muqaddas va insonparvar din ekanini namoyish etish imkoniyati bor. Uning diqqat markazida hamisha inson hayoti, inson farovonligi, insonning tinch hayoti turgan. Islom sivilizatsiyasi markazi buning navbatdagi tasdigʻidir. Umuman olganda, uni Jahon sivilizatsiyasi markazi deb ham atash mumkin, chunki islom butun dunyoga tarqalgan. Ayniqsa, bu yerdagi innovatsion kutubxona katta taassurot qoldirdi — unda mintaqa mamlakatlari, Ozarbayjon va boshqa davlatlar nashrlari namoyish etilgan. Biz bu goʻzal kolleksiyani yanada boyitish burchimiz», — dedi K.Taxirov.