Turkman olimi Markaziy Osiyoning yuksak ahamiyatga ega tarixiy yangiliklarini ochiqladi



 

Turkmaniston Fanlar akademiyasi vakili Muhammad Mamedov Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilishi mintaqadagi ilmiy tadqiqotlar, qadimiy sivilizatsiyalarni oʻrganish va madaniy merosni saqlashda ulkan imkoniyatlar yaratishini taʼkidladi.



 

Muhammad Mamedov, Turkmaniston FA prezidenti vakili:

 

– Ushbu buyuk forumni tashkil qilganlariga tashakkur bildiraman va oʻzbek doʻstlarimiz hamda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlatlari ijodiy va ilmiy intelligensiyasi vakillarini Islom madaniyati markazi tashkil etilgani bilan tabriklayman.


Islom madaniyati — ham madaniyat, ham sanʼat, bugungi kunda uni toʻliq baholash va oʻrganish imkoni topilmagan. Uning muhim gumanitar jihatlari ham hanuz ochilmagan. Kelajakda barchamiz bu masalaga katta eʼtibor qaratamiz.


Markaziy Osiyo — bu eng qadimiy tarixga ega oʻxshashi yoʻq mintaqa. Har yil arxeologlar yuksak ahamiyatga ega yangi maʼlumotlarni ochib boradi, qadimda yoʻqolgan sivilizatsiyalar, shuningdek, bu yerda xalqlarimiz ruhiy merosi haqida koʻp gapirildi.


Lekin unutmaslik kerakki, xalqlarimiz katta moddiy va madaniy, shu jumladan, meʼmoriy meros ham qoldirgan. Har yili mamlakatlarimizda noyob artefaktlar topiladi. Shu bois kelajakda bu sohada katta ishlar olib borishimiz zarur.

 

Turkmaniston hukumati Prezident, hurmatli Serdar Berdimuhamedov rahbarligida xalqning boy madaniy merosini saqlash va oʻrganish masalasiga katta eʼtibor qaratmoqda. Mamlakatda tarix va madaniy yodgorliklarni oʻrganish, saqlash va targʻib qilish boʻyicha Prezident dasturi amal qiladi va uning doirasida keng koʻlamli arxeologik qazishmalar ham oʻtkazilmoqda. Bu qazishmalar natijasida har safar Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, Turkmaniston madaniyatining manbalari juda qadimiy tarixga borib taqaladi.


Ayniqsa bronza davri bizga juda koʻp muhim maʼlumotlar beradi. Shu bois, ushbu ajoyib markaz tashkil etilganidan kelib chiqib, kelajakda boy madaniy merosni oʻrganish va saqlash boʻyicha hamkorlik qilishimiz kerak, deb oʻylayman.

 

Barchangizga ushbu oliyjanob ishlarda muvaffaqiyat tilayman va umid qilamanki, biz yana koʻp bor bu markaz devorlari orasida uchrashamiz, ruhiy va moddiy meros haqida fikr almashamiz.