Umumiy meros – umumiy kelajak: mintaqa vakillarini birlashtirgan kongress taassurotlari
Markaziy Osiyoning umumiy maʼnaviy merosi va kelajakdagi hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qilgan xalqaro kongress ishtirokchilari Oʻzbekistondagi yuqori saviyadagi tashkilotchilik, sanʼat koʻrgazmalari va mintaqaning sivilizatsion salohiyatidan katta taassurot oldi. Tojikiston vakili mazkur anjumanni “Markaziy Osiyoni birlashtiruvchi muhim platforma” deb atadi.

Nargiz Hamidova, Tojikiston Rassomlar uyushmasi raisi
— Men shunday yirik va keng koʻlamli xalqaro tadbir — “Markaziy Osiyo: umumiy maʼnaviy-maʼrifiy meros va umumiy kelajak” xalqaro kongressini tashkil etganlarga hamda mamlakat rahbariyatiga, shuningdek, kongressda ishtirok etish imkoniyati uchun samimiy minnatdorligimni bildiraman.
Oʻz yurtim, Tojikiston nomidan ishtirok etish men uchun gʻurur. Barchamiz yaxshi bilamizki, kongressning asosiy maqsadi — maʼnaviy merosni mustahkamlash, asrab-avaylash va birlashtirish, shuningdek, maʼrifatni rivojlantirishdir.
Ishonchim komilki, kongress maʼnaviy merosni mustahkamlash va yirik hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish uchun muhim platformaga aylanadi. Shuningdek, xalqaro kongress doirasida alohida ahamiyatga ega boʻlgan xalqaro badiiy koʻrgazma tashkil etildi. Unda Markaziy Osiyo mamlakatlarining mashhur va taniqli rassomlarining asarlari namoyish etildi. Bu biz uchun ham nihoyatda muhim voqeadir.
Albatta, Markaziy Osiyoning maʼnaviy merosi nihoyatda boy. Shu bois bugungi kunda Oʻzbekiston tabiiy ravishda sivilizatsiya markaziga aylanganini koʻrish quvonchli.
Men bu yerda bizning hamkasblarimiz — rassomlar, dizaynerlar va ustalarning katta mehnatini, fidoyiligini va isteʼdodini koʻryapman. Axir bunday goʻzallikni yana qayerda koʻrish mumkin?
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Markaziy Osiyo: umumiy maʼnaviy-maʼrifiy meros – umumiy kelajak” mavzusidagi xalqaro kongress oʻtkazildi.
Markaziy Osiyoning 350 ga yaqin olimlari, sanʼatshunoslar, taʼlim va madaniyat sohasi vakillari, xalqaro tashkilotlar hamda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjondan kelgan nufuzli mehmonlar ishtirok etdi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma