Yevropa ilmning kalitini Markaziy Osiyodan olgan — qozogʻistonlik olim fikri
Qozogʻiston Milliy Ayollar pedagogika universiteti Seyfulla Kaleyev nomidagi ilmiy kutubxonasi direktor oʻrinbosari Lapo Pyotr Toshkentda oʻtkazilgan ilmiy-madaniy anjuman insoniyat sivilizatsiyasi uchun ham katta ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Lapo Pyotr, Qozogʻiston Milliy Ayollar pedagogika universiteti Seyfulla Kaleyev nomidagi ilmiy kutubxonasi direktor oʻrinbosari:
– Men Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari uchun Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyasi va muassasalari mintaqaviy komitetining aʼzosiman. Ushbu mintaqaviy boʻlim dunyoning 62 ta mamlakatini birlashtiradi.
Shuni aytmoqchimanki, Toshkentda oʻtkazilgan kongress bu, birinchi navbatda, insoniyat sivilizatsiyasidagi juda muhim, katta voqea. Nima uchun? Chunki, haqiqatdan ham, qadimiy davrlardan boshlab Markaziy Osiyo madaniyati, insoniyat madaniyatining asosini tashkil etgan.
Agar bilsangiz, tarixda bir davr boʻlgan, oʻsha paytda oʻrta asrlar Yevropasi antik dunyo haqida maʼlumotni aynan Markaziy Osiyodan olgan. Shuning uchun Markaziy Osiyo har doim turli mamlakatlarning madaniyatlari oʻrtasidagi koʻprik boʻlgan. Bundan tashqari, shuni taʼkidlashim kerakki, islom madaniyati, islom sivilizatsiyasini targʻib qilish va ommalashtirish juda muhimdir. Chunki, masalan, men, Sovet Ittifoqida tarbiyalangan holda, hamma madaniyatlar teng, biz bir-birimizni yaxshi bilamiz, deb hisoblar edik. Biroq, aslida men, Belarusdan boʻlganim uchun, Markaziy Osiyo madaniyati haqida juda oz maʼlumotga ega edim.
Va men hisoblaymanki, albatta, uni targʻib qilish va ommalashtirish zarur, shunda islom, yaʼni islom gʻoyalari butun dunyo tomonidan toʻgʻri tushuniladi. Shuning uchun, men islom sivilizatsiyasi markazi haqida gapirganda, uning faoliyati, albatta, xalqlar oʻrtasida oʻzaro tushunishni rivojlantirishga, turli xalqlarning madaniyatlarining oʻzaro oʻtishiga yordam beradi deb hisoblayman, bu esa insoniyatning barqaror rivojlanishiga hissa qoʻshadi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma