Buyuk meros xalqlarimiz kelajagini birlashtiradi




Markaziy Osiyodagi ilmiy va madaniy hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilmoqda. Tojikiston Milliy akademiyasi vitse-prezidenti Salomiyon Muhammad Qayum taʼkidlaganidek, Prezidentlar Emomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi mintaqada birlik, taraqqiyot va tarixiy merosni asrashga qaratilgan umumiy yoʻlni belgilamoqda. Toshkentda oʻtkazilgan kongress esa ming yillik umumiy merosni yanada chuqur oʻrganish va xalqlar oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.



 

Salomiyon Muhammad Qayum, Tojikiston milliy akademiyasining vitse-prezidenti:

 

Bugungi kunda siyosiy platforma shundayki, unda mamlakatimiz Prezidenti janob Emomali Rahmon va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Shavkat Mirziyoyev hamkorlik va rivojlanish, ilm, madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida birlashmoqda. Shu munosabat bilan, biz hamkorlikni yanada kengaytirish va ikki xalq hamda Markaziy Osiyo xalqlari oʻrtasidagi aloqalarni bundan-da yaxshilashimiz zarur.


Chunki rahbarlarimizning siyosiy irodasi shuni talab qiladi: dunyoda birlashish, bir-birimiz bilan hamkorlik qilish va ming yillik tarix davomida shakllangan ilmiy, madaniy va tarixiy merosimizni birlashtirish va saqlash shular jumlasidan. Mamlakatimiz Prezidenti doimo taʼkidlaydi: har qanday xalq agar oʻz tarixini unutsa, avvalo oʻz madaniyatini yoʻqotadi. Bu esa asta-sekin tarix sahifalaridan va dunyo xaritasidan yoʻqolishiga olib keladi.


Shuning uchun bugun tarix, madaniyat va ilmga alohida eʼtibor qaratilmoqda, shunda odamlar oʻz tarixiy merosidan xabardor boʻlishadi. Bugun Markaziy Osiyo tarixiy qadriyatlariga bagʻishlangan kongress esa bizni shu merosni yaxshiroq oʻrganishga undaydi. Har bir qadriyat, ming yillik tarix davomida, arab yozuvlaridan tortib barcha xalqlarning merosiga qadar kuzatiladi.


Bu, shuningdek, madrasalar, maktablar, masjidlar va boshqa tarixiy inshootlarda ham koʻrinadi. Demak, bugungi Markaziy Osiyo xalqlari oʻrtasidagi hamkorlik oʻtmishda yuzlab yillar davomida shakllangan boy tarixiy merosga tayanadi. Biz bu merosni his qilamiz, oʻrganamiz va tahlil qilamiz. Shu orqali Markaziy Osiyo xalqlarining kelajagi uchun madaniyat va sivilizatsiya rivojiga hissa qoʻshiladi.