Afgʻoniston delegatsiyasi Usmon Mushafi va noyob qoʻlyozmalar bilan tanishdi
Afgʻoniston Islom Amirligi delegatsiyasi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi va markaz ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishdi. Delegatsiya aʼzolari markazning nafaqat Oʻzbekiston, balki butun islom ummati uchun muhim madaniy va maʼnaviy maskan ekanini taʼkidladi.

Delegatsiya aʼzolari markazda saqlanayotgan noyob qoʻlyozmalar, osori-atiqalar hamda ilk islom davri artefaktlarini koʻrib, eng qadimiy va asl Usmon Mushafini alohida taʼkidlashdi. Mehmonlar mazkur muqaddas qoʻlyozmaning asrab-avaylanishi, uning tarixiy ahamiyati va Oʻzbekistonda yaratilgan sharoitlar haqida maʼlumot olishdi.

Abdulloh Ubayd, Afgʻoniston Islom Amirligi Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma va huquq boshqarmasi boshligʻi:
“Bu yerga kelganimdan juda mamnunman. Markazda nafaqat islom merosi, balki qadimiy osori-atiqalar ham yuksak saqlanayotganini koʻrib, tahsinga sazovor deb bildim. Eng taʼsirli jihat — ushbu maskanda eng qadimiy va asl Usmon Mushafining saqlanayotganidir. Prezidentingiz tashabbusi bilan bunday ulkan majmuaning barpo etilgani albatta tahsinga loyiq.”


Afgʻonistondan kelgan rasmiylar markazning bunyod etilishi va zamonaviy muzey texnologiyalari asosida jihozlangan ekspozitsiyalarni yuqori baholadilar. Ular oʻz taassurotlarida markaz nafaqat Oʻzbekiston, balki butun islom ummati uchun muhim madaniy va maʼnaviy maskan ekanini taʼkidladilar.
Abdulboriy Umar, Afgʻoniston Islom Amirligi “Breshna shirkati” bosh direktori:
Islom sivilizatsiyasi markazi haqiqatan ham juda ajoyib maskan. Bu markaz nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Islom dunyosi uchun ulkan ahamiyatga ega. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan barpo etilgan bunday markazning mavjudligi bizni behad quvontiradi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma