Markazning tashkil etilishi Markaziy Osiyo rassomlariga ham katta ilhom bagʻishlaydi

Qozogʻiston Rassomlar uyushmasi raisi Umirbek Jubaniyozov Oʻzbekistonda bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazini tarixiy voqea sifatida baholadi. Uning fikriga koʻra, Markaz nafaqat mintaqaviy sanʼat va madaniyatni boyitadi, balki Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Ozarbayjon rassomlari oʻrtasidagi ijodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.
Umirbek Jubaniyozov Qozogʻiston Rassomlar uyushmasi raisi
— Bugungi tadbirni men juda muhim, tarixiy voqea, deb hisoblayman. Chunki Oʻzbekistonda barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi mintaqamiz madaniy hayotida alohida oʻrin tutadi. Majmuaning kirish qismidan boshlab nafis bezatilgani, bunda rassomlarning mehnati beqiyos ekani yaqqol seziladi.
Qozogʻiston Rassomlar uyushmasi Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Ozarbayjon rassomlari bilan uzoq yillardan beri samarali hamkorlik qilib keladi. Birgalikda koʻplab koʻrgazmalar va ijodiy loyihalar tashkil etganmiz. TURKSOY tashkilotiga qoʻshilishimiz ham bu hamkorlikni yanada mustahkamladi.
Mintaqa xalqlarining maʼnaviy ildizlari mushtarak ekani bois, bunday markazning tashkil etilishi bizga katta ilhom bagʻishlaydi. Shuningdek, tashkil etilgan umumiy koʻrgazmamiz madaniy merosimizni yuksaltirishga, ijodkorlar oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bugungi vaziyatning oʻzi rassomlarimizning mehnati va sanʼatga qoʻshayotgan hissasi naqadar ulkan ekanini koʻrsatadi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma