“Tamaddunlar kesishgan makon” nomli yangi hujjatli filmni suratga olish rejalashtirilmoqda
Markaz ekspozitsiyasini boyitish, unda turli hududlar tarixi, madaniyati va sivilizatsiyaviy merosini kengroq yoritish maqsadida “Tamaddunlar kesishgan makon” nomli hujjatli filmni tayyorlash ko‘zda tutilmoqda.
Loyiha doirasida Xorazm vohasi tarixi, boy madaniyati va bu hududda shakllangan sivilizatsiyaviy jarayonlar chuqur o‘rganiladi. Tadqiqotlar asosida hujjatli film ssenariysi yozilib, unda qadimiy Xorazmning islomiy ilm-fan, san’at, me’morchilik va qadriyatlar rivojidagi o‘rni namoyon etiladi.
Filmning asosiy maqsadi — O‘zbekiston hududida, xususan, Xorazmda shakllangan islomiy sivilizatsiyaning jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan hissasini yoritish, shuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi mehmonlariga boy tarixiy-ma’naviy manzarani taqdim etishdir. Ayni paytda ilmiy izlanishlar boshlab yuborilgan bo‘lib, yaqin vaqt ichida tasvirga olish ishlari ham boshlanishi rejalashtirilmoqda. Mazkur film Islom sivilizatsiyasi markazining ekspozitsiyasi tarkibidan munosib o‘rin egallaydi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi