Gulbahor Yengibayeva, Lebap viloyati Tarix va oʻlkani oʻrganish muzeyi direktori (Turkmaniston)

Gulbahor Yengibayeva, Lebap viloyati Tarix va oʻlkani oʻrganish muzeyi direktori (Turkmaniston)
– Muhtaram Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yaratilgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi – bu buyuk loyiha. “Markaziy Osiyo: umumiy maʼnaviy-maʼrifiy meros va umumiy kelajak” xalqaro kongressida qatnashib, bu bino bilan yaqindan tanishdik. Obʼekt juda qiziqarli. Qadimiy ansamblni eslatadigan meʼmoriy yondashuvi diqqatimizni tortdi.
Ichkariga kirganimizda esa muzey, undagi ekspozitsiyalar bilan tanishib, his qilgan tuygʻularni soʻz bilan ifoda etish qiyin. Muzey juda boy, ilmiy-maʼrifiy jihatdan yuksak darajada tashkil etilgan.
Koʻrinib turibdiki, bu yerda koʻplab olimlar, akademiklar, muzey xodimlari, rassomlar, dizaynerlar ulkan mehnat qilgan.
Biz Oʻzbekiston tarixining har bir boʻlimini, har bir davrini oʻrgandik. Bu — butun bir davr, butun bir tarixiy jarayon.
Muzeylar haqida gapirganda, shunga amin boʻlamizki, muzeylar milliy qadriyatlarning oʻchogʻi va saqlovchisidir. Shu bilan birga, ular kelajakka bogʻlovchi nurli koʻprik hamdir. Bugun biz buni amalda koʻrdik.
Ajoyib jihati – u zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Muzeyda juda koʻp interaktiv texnologiyalar, videoroliklar mavjud. Bu esa kelajak avlodga tarbiya berib, ularda tarixga qiziqish va muhabbat uygʻotadi.
Bugungi Kongress aynan shu markazda oʻtayotgani uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjondan kelgan barcha delegatlar ishtirok etmoqda. Har birimiz aytamiz: bizning tariximiz bir, madaniyatimiz bir, hatto tillarimiz ham oʻxshash. Shuningdek, biz kelajagimiz erkin, tinch, birdam va ezgu boʻlishini tilaymiz.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma