Avaz O‘tarning ilmiy merosi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan o‘rin oladi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri – Avaz O‘tar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan yangi medialoyiha ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu loyihadan markaz ekspozitsiyasini mazmunan boyitish, ma’naviy merosimizni keng ommaga tanitish ko‘zlangan.
Avaz O‘tar XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida ijod qilgan Xorazm adabiy muhitining taniqli shoirlaridan biri bo‘lib, g‘azal, muxammas, ruboiy kabi janrlarda yorqin ijod namunalarini qoldirgan. Uning asarlari jaholatga qarshi kurash, ilm-ma’rifatni taraqqiy ettirish g‘oyalariga boy bo‘lib, o‘z zamonasining muhim ijtimoiy muammolarini aks ettiradi.
Loyiha doirasida shoirning boy nazmiy merosi chuqur o‘rganilib, ilmiy maqolalar, multimedia materiallar, interaktiv ko‘rgazmalar va vizual taqdimotlar tayyorlanishi ko‘zda tutilgan. Shu orqali uning ma’rifatparvarlik g‘oyalari bugungi avlodga yangicha tarzda yetkaziladi.
Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “Avaz O‘tar – o‘zbek ma’rifatparvar shoiri” loyihasi milliy ma’naviy merosimizni asrab-avaylash va uni kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim qadam sanaladi. Avaz O‘tarning ijodiy merosi nafaqat adabiy ahamiyatga, balki umummilliy ma’naviy qadriyat sifatida katta o‘ringa ega.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
