“Bu markaz — ilm va maʼrifatning yangi ramzi” — Gulu Novruzov

 
Ozarbayjon Respublikasi Davlat Bojxona qoʻmitasi huzuridagi Akademiya rektori, professor Gulu Novruzov Oʻzbekistonda barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi:
— Toshkentda joylashgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida boʻlish — men uchun katta sharaf va iftixordir. Bu joy nafaqat Oʻzbekiston, balki butun turkiy-musulmon dunyosi madaniyati va ilm-fanining qanchalik boy ekanini namoyon etadi.
Bu yerda islomdan avvalgi davrdan to bugungi kungacha boʻlgan ilm va madaniyat bosqichlari mujassam. Ayniqsa, yozma manbalar paydo boʻlmagan davr hayotini arxeologik topilmalar orqali namoyish etish — katta ilmiy yutuqdir. Shuningdek, qadimiy toʻqimachilik madaniyatiga oid eksponatlar menda katta qiziqish uygʻotdi.
Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan beqiyos loyiha boʻlib, u mamlakat rahbariyatining ilm va maʼrifatga boʻlgan chuqur hurmatini namoyon etadi.
Kelgusida bu yerga oila aʼzolarim bilan yana tashrif buyurish niyatidaman. Ishonchim komilki, ozarbayjonlik olimlar va madaniyat arboblari ham bu markazning aziz mehmonlariga aylanadi.
Bu maskan — bizning umumiy tariximiz va maʼnaviy ildizlarimizning yorqin ramzidir.
Ko‘p o‘qilgan
          Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
          Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
          Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma