“Oʻzbekistonning islom sivilizatsiyasiga oid tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlayotgani juda muhim” – YuNESKOning Oʻzbekistondagi masʼul vakili

 

Oʻzbekistondagi megaloyiha – Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan bunyod etilayotgan va  ayni paytda pardozlash va jihozlari ishlari ketayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi jahon hamjamiyati uchun ham muhim tajriba boʻlishi eʼtirof etilmoqda.  



 

Sora Noshadi, YuNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari:

 

— Men bu markazda yana boʻlib turganimdan juda mamnunman. Aslida bu yerga bir necha marta tashrif buyurganman — 2022 yildan buyon har yili kelib turaman. Shu vaqt ichida amalga oshirilgan ulkan ishlar va rivojlanish surʼatlarini koʻrib, chin dildan quvondim.

 

Hozir markaz oʻz faoliyatini yangi bosqichda davom ettirayotgani, yangi yoʻnalishlar ochilayotgani juda quvonarli. Bu tashabbus Oʻzbekistonda ilm-fan, madaniyat va diniy merosni birlashtirish yoʻlida amalga oshirilayotgan beqiyos ish, deb oʻylayman.

 

Shuningdek, men yaxshi bilamanki, Islom sivilizatsiyasi markazi — Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan muhim va ulkan loyiha. Prezident ushbu tashabbus haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasidagi nutqida ham alohida toʻxtalib oʻtgan edi.

 

Oʻzbekistonning islom sivilizatsiyasiga oid tadqiqotlar va ilmiy izlanishlarga katta eʼtibor qaratayotgani — jahon hamjamiyati uchun ham oʻta muhim tajriba, deb hisoblayman.