Prezident tashrifidan soʻng qanday oʻzgarishlar kutilyapti?

 

Davlatimiz rahbarining Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markaziga navbatdagi tashrifidan soʻng yirik loyihaning mazmun-mohiyati, kontentlarini takomillashtirish borasidagi ishlar yanada qizgʻin tus oldi. Bugun Markaz ekspozitsiyasini boyitishda qanday yangi oʻzgarishlar kutilyapti?



 

Rustam Jabborov, Markaz ilmiy kotibi:

 

Muhtaram Prezidentimizning mualliflik loyihasi, buyuk gʻoyalar asosida barpo etilgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi soʻnggi bosqichlarda tayyor holatga keltirilyapti. Davlatimiz rahbari yana bir bor Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilgan qurilish va bunyodkorlik ishlari, ekspozitsiyalarning mazmuni, kontenti bilan tanishib chiqdilar va yana oʻzlarining fikr-mulohazalarini, tavsiyalarini bildirdilar. Bu albatta markazimiz faoliyatini yanada jonlantirish, yanada kuchaytirish, takomillashtirishda juda katta turtki beradi, deb oʻylaymiz. Chunki  davlat rahbari har gal muayyan bir oʻziga xos topshiriqlar, tavsiyalar, yoʻl-yoʻriqlar, taklif-mulohazalar bildiryaptilar. Bu albatta kelgusida Oʻzbekistonga tashrif buyuradiganlarning har biri uchun Oʻzbekistonning bir oʻziga xos bir maʼnaviy tashrif qogʻozi boʻlishi kerakligini taʼkidlab oʻtdilar va bu qilingan ishlarga munosib baho berildi. Bu markaz ochilishi butun dunyoda oʻziga xos hodisa boʻlishi kutilayapti. Chunki koʻplab bu yerga tashrif buyurgan olimlar, mutaxassislar, yirik tashkilotlar rahbarlari haqiqatan dunyoda bunday markazning analogi, yaʼni oʻxshashi yoʻqligini taʼkidlashyapti. Biz albatta bu nafaqat Oʻzbekiston, balki mintaqadagi, islom olamidagi oʻziga xos bir markaz boʻlishi lozimligini yana bir bor taʼkidlandi. Albatta bu takliflar, tavsiyalar har biri bizning faoliyatimiz, yaʼni kelgusida qiladigan ishlarimizga bir munosib baho boʻldi. Oʻylaymizki, haqiqatan ham davlat rahbarining oʻziga xos mualliflik loyihasi boʻlgan, yirik gʻoyalar asosida bunyod etilgan bu markaz haqiqatan ham xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, tariximiz, madaniy merosimiz, oʻzbek xalqining jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasini baralla koʻrsatib bera oladigan platformaga aylanishiga hech qanday shubha qoldirmaydi.


Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 23 iyundagi qarori asosida tashkil etilgan. 2018 yili Ramazon hayiti kuni Markaz poydevoriga tamal toshi qoʻyilgan boʻlib, bugungi kunda u ilm, tarix va madaniyat uygʻunligini mujassam etgan milliy faxr timsoliga aylangan.