EURONEWS: “Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bebaho artefaktlarni vatanga qaytarmoqda”

Nufuzli xalqaro axborot agentligi – Euronews Oʻzbekiston oʻzining boy madaniy merosini saqlash va tiklash yoʻlida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi orqali faol ish olib borayotganligini eʼtirof etdi.
Milliy tashabbuslar asosida faoliyat yuritayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xorijdan deyarli 2000 dan ortiq oʻzbek tarixiy artefaktlari va qoʻlyozmalarini qaytarishga, shuningdek, xalqaro auksionlar va hamkorliklar orqali noyob eksponatlarni sotib olishga muvaffaq boʻldi.
Davlat Bojxona qoʻmitasi hamda dunyo miqyosidagi auksion uylari bilan hamkorlik qadimda turli mamlakatlarga tarqalib ketgan qimmatbaho buyumlarni qaytarishda muhim rol oʻynadi.
Markaz, shuningdek, Oʻzbekistonda oʻz turidagi birinchi boʻlgan zamonaviy restavratsiya laboratoriyalariga ega boʻlib, bu yerda mutaxassislar qoʻlyozmalar, toʻqimachilik buyumlari, metall ishlovlari va boshqa tarixiy materiallarni asrab-avaylashmoqda.
Ushbu bebaho durdonalarni saqlash va namoyish etish orqali Islom sivilizatsiyasi markazi oʻtmish bilan bugun oʻrtasida koʻprik boʻlishni, asrlar davomida shakllangan sanʼat, ilm-fan va eʼtiqod anʼanalarini ulugʻlashni maqsad qilgan.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi