“Bu boy merosni dunyo jamoatchiligiga yanada kengroq tarzda tanitish lozim” – Jahon banki vakili

Minggul Saitqoziyeva, Jahon bankining Avstriyadagi vakolatxonasi konsultanti
— Birinchi marta Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdim. Ilgari ham Oʻzbekistonda — Fargʻona, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlarda boʻlganman. Biroq bu markaz haqiqiy va oʻchmas taassurot qoldirdi.
Bu markaz meni chin maʼnoda hayratga soldi. Men bu darajada zamonaviy va multimedia texnologiyalardan foydalanilgan ekspozitsiya boʻladi, deb kutmagan edim. Har bir zalda tarix va innovatsiyaning uygʻunligi seziladi.
Oʻzbekiston bugun har bir sohada ochiq va doʻstona davlat sifatida tanilmoqda. Ilgari chegara va viza tizimi murakkab boʻlgan boʻlsa, hozir koʻplab mamlakat fuqarolari vizasiz kirish imkoniyatiga ega. Bu katta yutuq, deb hisoblayman.
Oʻzbekiston — Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan muhim davlat. Sizning madaniyatingiz, tarix va sanʼatingiz juda boy. Menimcha, bu boy merosni dunyo jamoatchiligiga yanada kengroq tarzda tanitish lozim. Kelgusi ishlaringizda katta muvaffaqiyat tilayman!
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi