“Bu yerda boʻlish men uchun sharaf!” — BAA rasmiysi Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazidan hayratda!




Hamid Al Zaabi, Birlashgan Arab Amirliklarining Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish departamenti ijroiya boshqarmasi bosh direktori:

 

— Bu yerda boʻlish men uchun katta sharaf.
Islom sivilizatsiyasi markazi — oʻzida turli davrlar va madaniyatlarni birlashtirgan noyob maskan. Bu joy islom tarixi va buyuk sivilizatsiyalar merosini uygʻun tarzda namoyon etadi hamda zamonaviy ilm va madaniyat orqali kelajakka yoʻl ochadi.

 

Men bu markazdan chuqur taassurot oldim. Uning rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etish va bu ajoyib loyiha rivojiga oʻz hissamni qoʻshish imkoniga ega boʻlishdan umidvorman.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilayotgan bu markaz — nafaqat tarixiy, balki madaniy jihatdan ham ulkan ahamiyatga ega. Bu yerda oʻtgan davrlar ruhi, xalqlarning madaniy xilma-xilligi va ilmiy yutuqlari uygʻunlashgan.

 

Markazdagi konferensiya zali, ekspozitsiyalar va majlislar orqali islomiy maʼrifat hamda madaniyatning zamonaviy talqini yaqqol namoyon boʻladi. Kelajakda bu markaz bilan hamkorlik qilish va yana tashrif buyurish niyatim bor.

 

Bu buyuk ishda ishtirok etgan barchaga tashakkur aytaman.