EURONEWS: “Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xalqaro miqyosdagi madaniy va maʼrifiy loyiha sifatida shakllanib bormoqda.”




Nufuzli xalqaro axborot agentligi – Euronews Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xalqaro miqyosdagi madaniy va maʼrifiy loyiha sifatida shakllanib borayotganligi  haqida maqola eʼlon qildi. 

 

Katta hamkorlik natijasida amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus doirasida Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi loyihasida deyarli 100 ta mamlakatdan 500 ga yaqin mutaxassis hamda mingdan ortiq oʻzbekistonlik olimlar ishtirok etgan.

 

Ular birgalikda Islom merosini oʻrganish, asrash va keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan qariyb 800 ta loyihani ishlab chiqdilar.

 

Bu markaz oddiy muzey emas — u insoniyat tarixini qadimiy davrlardan boshlab, Islomning paydo boʻlishi va hozirgi zamongacha boʻlgan jarayonni yorituvchi koʻrgazmalarni oʻz ichiga oladi. Uning kutubxonasi, restavratsiya va raqamlashtirish laboratoriyalari hamda ilmiy tadqiqot boʻlimlari dunyodagi eng tez oʻsib borayotgan yirik din — Islomni oʻrganish va asrashga xizmat qiladi.

 

“Sivilizatsiyalar, shaxslar va kashfiyotlar” mavzusi ostida Markaz tarixni faqat artefaktlar orqali emas, balki uni shakllantirgan insonlar hayoti va gʻoyalari orqali tasvirlaydi. Bu yondashuv turli madaniyatlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni va mintaqalar hamda dinlarning umumiy hissasini yoritib beradi.