Oʻzbekistonning ilmiy xazinasini tizimlashtirish va raqamlashtirish boshlandi


🔴 Markaz ilmiy merosni saqlab qolishning yangi usulini yoʻlga qoʻymoqda!



 

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy faoliyatni yanada tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida yangi tashabbusni amalga oshirmoqda. Markaz muzeyi ekspozitsiyasi har bir boʻlim faoliyatini yorituvchi alohida maʼlumot kitobi tayyorlanmoqda.

 

Maʼlumotnoma muzeyning boʻlimlaridagi ilmiy, tarixiy va madaniy maʼlumotlarni bir tizimga jamlaydi. Ular yagona dizayn va uslubda ishlanadi.

 

Markazning navbatdagi ishchi yigʻilishida mazkur loyiha atroflicha muhokama qilindi. Ilmiy kotib Rustam Jabborov xodimlarga maʼlumot  formati va mazmuni boʻyicha batafsil tushuntirish berdi. Shuningdek, taqdim etiladigan maʼlumotlarning ilmiy asoslanganligini taʼminlash maqsadida olimlardan iborat tahrir guruhi shakllantirish taklifi ilgari surildi.

 

Loyihaga koʻra, har bir boʻlim maʼlumotnoma kitob taxminan 200 betdan iborat boʻladi.



 

Bu tashabbusning asosiy maqsadi — Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati va uning madaniy merosini tizimli holatda jamlash, ularni kelajak avlod uchun raqamli va bosma shaklda saqlanadigan ilmiy manbaga aylantirishdir.