“Tarixni bogʻlab turuvchi koʻprik” — Nazira Ahmadova


 

Nazira Ahmadova, Qirgʻiziston Respublikasi Milliy tarix muzeyining boʻlim boshligʻi:
 

– Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan ochilgan Islom sivilizatsiyasi markazi nihoyatda muhim maskan. Uning ahamiyati nimada? Bu yer nafaqat Oʻzbekiston, shu bilan birga Oʻrta Osiyo umumiy madaniyati, tarixi va maʼnaviy boyliklarini namoyish etadigan maskan. Bu shunchaki koʻrgazma emas, balki oʻtmishni zamonaviylik orqali ifodalash va shu orqali oʻtmish hamda kelajak madaniyatini, tarixini bogʻlab turuvchi koʻprikdir. Shu sababli juda muhim. Men ushbu ochilish marosimida qatnashganimdan faxrlanaman.


Zamonaviy texnologiyalar orqali oʻtmishni ifodalash, mening fikrimcha, betakror.


Har bir eksponatning oʻz qadr-qimmati bor. Ekponatlarning ayrimlari Qirgʻiziston Respublikasi milliy tarix muzeyi ekspozitsiyasida ham bor. Lekin bu yerda ular butunlay boshqacha, mazmunan toʻldirilgan koʻrinishda namoyish etilgan. Ularning barchasi jonli tarzda taqdim etilgani bois, alohida taassurot qoldirmoqda. Masalan, men hayajonim sababli “faqat shu eksponat alohida” deb aytolmayman. Chunki barchasi oʻziga xos.


Dizayn ham, ekspozitsiyalarning taqdim etilishi ham, eksponatlarning joylashtirilishi ham oʻziga xos.