Sakkokiy adabiy merosi ommalashtiriladi
Sakkokiy adabiy merosi o‘zbek mumtoz adabiyotida o‘z o‘rniga ega. U Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrida yashab ijod qilgan shoirlardan biridir. Uning devoni qo‘lyozma holida saqlanib qolganligi bilan ahamiyatli. Shoir yozgan qasidalar uning qachon yashagani haqida ma’lumot beradi. Uning yirik qasidalari temuriyzodalar – Xalil Sulton va Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlagan bo‘lib, shoirning taxminan XIV asrning 70-80-yillarida tug‘ilib, XV asrning o‘rtalarida vafot etganini bilish mumkin.
Sakkokiy – adibning taxallusi. Uning asl ismi noma’lumligicha qolgan. “Sakkokiy” so‘zi “pichoqchi” ma’nosini anglatadi. Bu adib shug‘ullangan kasbga va satrlarining pichoqdek keskirligiga ishora bo‘lsa ajab emas. Sakkokiyning yana Arslon Xo‘ja Tarxon, Xo‘ja Muhammad Porsolarga atalgan qasidalari mashhur bo‘lib, ular el og‘ziga tushgan. U o‘z asarlarida xalq og‘zaki ijodi namunalariga murojaatlar qilgan.
Sakkokiy – g‘azalnavis shoir. Uning g‘azallarida ishq, oshiqlik, hijron iztiroblari, visol lazzati ufurib turadi. Bir so‘z bilan aytganda, Sakkokiyning o‘zbek mumtoz adabiyoti uchun qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Ularni inobatga olgan holda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan shoir ijodini ommalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni kunda shoirning asarlari asosida ilmiy ishlanma va qiziqarli kontentlar tayyorlanmoqda. Kitoblarning qo‘lyozmalar faksimile nusxalari yaratilib va Markaz ekspozitsiyasi uchun tayyorlanmoqda. Qo‘lyozmalarning elektron nusxalarini yaratish bo‘yicha ishlar Markaz tomonidan tuzilgan olimlar jamoasi ish olib bormoqda.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi