Markaziy Osiyo aholisining kiyinish madaniyati interaktiv tarzda namoyish etiladi
🔴 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyiga tashrif etuvchilar uchun tarixni nafaqat koʻrish, balki his etish imkoni kutilyapti

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida boʻlib oʻtgan kengaytirilgan ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor Xolida Komilova tomonidan ishlab chiqilayotgan maxsus liboslar taqdim etildi.
Maxsus liboslar dizayni markaz muzeyida har bir Renessans uchun jalb qilinadigan “tarixning elchilari”, yaʼni bugungi zamonaviy xalqaro tilda taʼkidlaydigan boʻlsak, gidlar uchun tayyorlangan. Qayd etilishicha, muzey ekspozitsiyalarining har bir boʻlimida gidlar maxsus kiyimlarda xizmat koʻrsatadi. Liboslarda milliy ruh va zamonaviy dizayn uygʻun boʻladi. Ularning har biri — Birinchi va Ikkinchi Renessans, Islomdan avvalgi davr va Yangi Oʻzbekiston boʻlimlarining maʼnaviy ruhini ifodalaydi.
“Har bir gid — oʻz boʻlimi tarixi va ruhiyatining jonli elchisi. Kiyimlar orqali ham ular bu tarixni ifoda eta olishlari kerak”, — deydi Xolida Komilova.
Shuningdek, yigʻilishda markaz faoliyatini takomillashtirish hamda tarix va zamonaviy dizayn uygʻunligi orqali yangi bosqichga koʻtarish masalalari muhokama qilindi.
Kun tartibida doirasida “Ikkinchi Renessans” boʻlimida amalga oshirilayotgan “Temuriylar davri kiyinish madaniyati” media loyihasi haqida hisobot berildi. Unda Amir Temur va Bibixonimning liboslari ilmiy asosda tiklanib, zamonaviy media texnologiyalar orqali jonlantirilishi qayd etildi.
Shuningdek, yaqin kunlarda “Islomdan avvalgi davrda Markaziy Osiyo aholisining kiyinish madaniyati” mavzusidagi interaktiv koʻrgazma namoyish etilishi rejalashtirilgan. Bu tashrifchilarga tarixni nafaqat koʻrish, balki his etish imkonini ham yaratadi.
Markaz direktori Firdavs Abduxalikovning taʼkidlashicha,
“Bunday loyihalar markazning xalqaro nufuzini mustahkamlab, uni madaniy muloqot maydoniga aylantiradi.”

Tarix fanlari doktori, professor Jannat Ismoilova:
“Kiyim rekonstruksiyasi — bu faqat sanʼat emas, balki ilm. U orqali vizual goʻzallik ortidagi tarixiy maʼnolar ochiladi.”
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi