“Bu markaz Oʻzbekiston tarixining jonli timsoli” — Amin Arefniya

Amin Arefniya, Eron Milliy arxivi va kutubxonasi raisining oʻrinbosari:
Tarix, madaniyat va sivilizatsiyani asrab-avaylashga intiladigan siyosatchilar albatta eʼtirofga loyiqdirlar. Oʻzbekiston Prezidenti bu madaniy markazni, qimmatli tarixiy va madaniy majmuani barpo etgani uchun shubhasiz eʼtirofga loyiqdir. Shaxsan oʻzim ham u kishiga va bu bebaho majmuani tashkil etgan barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiraman.
Toshkent shahrida qad rostlagan ushbu majmua sanʼat, meʼmorchilik, yozma meros va qimmatli asarlarni uygʻunlashgan holda namoyish etadigan maskan boʻlib, bu oʻlkaning tarixi, madaniyati va sivilizatsiyasidan bir parchani tashrif buyuruvchilar eʼtiboriga havola etadi.
Shaxsan oʻzim ushbu majmua tashkilotchilariga uni did bilan, zamonaviy sanʼat usullaridan foydalanib yaratganlari uchun minnatdorlik bildiraman.
Men dunyoning turli mamlakatlarida koʻplab madaniyat va sanʼat markazlarini koʻrganman. Shunga qaramay, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyalar markazining mutaxassislari oʻz sanʼati va didi bilan ushbu majmuani nafis meʼmorchilik, sanʼat elementlari, yozma meros, tarixiy asarlarni uygʻunlashtirgan holda yaratgani eʼtirofga loyiqdir. Biz ushbu majmuani kezarkanmiz, bu oʻlka qadimiy tarixining turli davrlari bilan tanishdik. Bu markaz kelajakda Markaziy Osiyodagi eng nufuzli madaniy markazlardan biriga aylanadi. U xorijiy sayyohlar uchun katta jozibaga ega boʻlishi bilan birga Markaziy Osiyo tarixi, madaniyati va sivilizatsiyasini oʻrganish uchun ilmiy tadqiqotchilar, olimlar, yozuvchilar va sanʼat ahli murojaat qiladigan ilmiy qarorgoh sifatida ham xizmat qiladi.
Shuningdek, bu yerda Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy kabi mashhur siymolar hamda koʻplab boshqa ilm-fan va madaniyat namoyandalari haqida maʼlumotlar berilgan boʻlib, ular alohida qadrlashga arziydi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi