Oʻzbekiston Prezidentiga katta minnatdorchilik bildiraman — Osman Nur Aydin






Osman Nur Aydin, Turkiya qoʻlyozma asarlari markazi xodimi :

 

Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi toʻliq tugallangandan keyin islom olamida muhim ilmiy markazga aylanishi shubhasiz. Hattoki hozirgi holatidayoq dunyodagi sanoqli markazlar qatoridan ham oʻrin olishi mumkin. Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkilotida soʻzlagan nutqida ham aynan shu markaz haqida gapirib, uni barcha mamlakatlarga tanitgani va ochilishini butun turk dunyosi hamda islom olami bilan birga amalga oshirish istagini bildirgani juda katta ahamiyatga ega. 

 

Insoniyat tarixining ilk davridan boshlab bugungi kungacha bosqichma-bosqich koʻrish va eshitish imkonini beruvchi bu muzeyda inson oʻzini oʻsha davrda yashayotgandek his qiladi. Barcha mehnat qilganlarga minnatdorchilik bildiraman. Ochilishda bularning toʻliq va mukammal holatini koʻramiz, deb umid qilaman. 

 

Xalqaro ekspertlar forumida fikr almashish, kamchiliklarni tuzatish masalasida taklif va mulohazalar boʻldi. Kelgusida shu forumda bildirilgan takliflar ham inobatga olinib, mukammal boʻlishiga ishonaman. Bu markazni xalqlarimizga, islom olamiga, turk dunyosiga tuhfa qilgani uchun Oʻzbekiston Prezidentiga katta minnatdorchilik bildiraman.