“Yangi Oʻzbekiston Gʻarb tafakkurida qayta tugʻilmoqda” — Aysima Mirsultan


Aysima Mirsulton, Berlin Davlat kutubxonasi Sharqiy Osiyo boʻlimi ilmiy xodimi:
– Prezident Shavkat Mirziyoyevning saʼy-harakatlari tufayli Oʻzbekistonda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Soʻnggi yillarda sport sohasida boʻladimi, boshqa sohalarda boʻladimi – hammasida ijobiy oʻzgarishlar boʻldi. Ushbu Markaz ham aynan Prezidentning tashabbusi bilan tashkil etildi.
Juda chiroyli boʻlibdi. Tarixdan hozirgi kungacha boʻlgan barcha ekspozitsiyalarni birma-bir koʻrdik. Ochilishgacha yanada goʻzal boʻladi, deb oʻylayman.
Bu markaz qadimgi Oʻzbekistonning tarixdagi rolini qayta jonlantiradi.Sobiq ittifoq davrida oʻz mustaqilligiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston bugun yana dunyoga yuz tutib, Gʻarb mamlakatlari xalqlari xotirasi va tafakkurida yangi va jozibali qiyofada boʻy koʻrsatmoqda. Bu Markaz Oʻzbekiston va uning boy merosi borligini hammaga koʻrsatadi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi