Aljazeera : “Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishiga tayyorgarlik oldi xalqaro ekspertlar forumi boʻlib oʻtdi”

واجهة مركز الحضارة الإسلامية تعكس في تصميمها أسلوب المعالم الأثرية التي تعود إلى العصور الوسطى

 

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining peshtoqi oʻz dizaynida oʻrta asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar uslubini aks ettiradi. 



Toshkent – Oʻzbekiston poytaxti Toshkent ikki kun davomida “Buyuk oʻtmish merosi – maʼrifatli kelajak asosi” nomli xalqaro ekspertlar forumiga mezbonlik qildi. Tadbir Islom sivilizatsiyasi markazi konferensiyalar zalida boʻlib oʻtdi va unda markaz huzuridagi Xalqaro ekspertlar kengashi aʼzolari ishtirok etganligini Al Jazeera Net eʼtirof etdi.

 

Forum 20 ga yaqin mamlakatdan kelgan 100 dan ortiq tadqiqotchi va ekspertlar uchun markazdagi koʻrgazmalar va boʻlimlar bilan tanishish, u rasmiy ravishda shu yilning oxirida ochilishidan avval koʻrish imkoniyatini berdi.

 

Sivilizatsiyalar uchrashuvi

 

Markaz qurilishi 2017-yilda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi nutqidan soʻng boshlandi. Oʻsha nutqda u “islomning chin insonparvarlik mohiyatini jahon hamjamiyatiga yetkazish” maqsadida Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish tashabbusini eʼlon qilgan edi.


المنتدى حضره نحو 200 باحث يمثلون 20 دولة

Oʻz nutqida Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov Oʻzbekistonning boy madaniy va ilmiy merosini asrash va uni global maʼrifatning asosiga aylantirish borasidagi saʼy-harakatlariga alohida eʼtibor qaratdi. U Oʻzbekistonning “Movarounnahr”dan to Baqtriyagacha boʻlgan sivilizatsiyalar chorrahasi sifatidagi tarixiy oʻrni hanuz fan, madaniyat va taʼlim sohalaridagi xalqaro hamkorlikka ilhom berayotganini taʼkidladi.

 

Shuningdek, u markazning Oʻzbekistondagi xalqaro islomshunoslik akademiyasi va xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda ishlayotganini qayd etdi. Markaz qoshida arab xattotligi maktabi va qadimiy yodgorliklarni tanlab olish boʻyicha milliy komissiya tashkil etilgan. Bundan tashqari, xorijdagi Oʻzbekistonga aloqador madaniy merosning “durdonalari”ni aniqlash, oʻrganish va qaytarish uchun maxsus qoʻmita tuzilgan.


شاكر العدواني – المدير العام للمؤتمرات برابطة العالم الإسلامي
 

Arab ishtiroki

 

Al Jazeera Net ga bergan intervyusida Musulmonlar Ligasi konferensiyalar bosh boshqarmasi direktori Shokir Al-Advani markazni tashkil etish tashabbusini yuksak baholadi. U bu markazni yirik ahamiyatga ega boʻlgan islomiy madaniyat markazi sifatida eʼtirof etdi, ayniqsa u yirik islomiy sivilizatsiya shakllangan va Imom Buxoriy hamda Xorazmiy kabi olimlar va muhaddislar yetishib chiqqan Oʻzbekiston Respublikasida joylashgani alohida ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. U markaz butun dunyo eʼtiborini tortuvchi madaniyat va global muloqot markaziga aylanishiga umid bildirdi.

 

Oʻz navbatida, Islom dunyosi taʼlim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO)ning qoʻlyozmalar boʻyicha mutaxassisi doktor Ahmad Abdulbosit ushbu markazdagi madaniy xilma-xillik va turli davrlarga oid merosdan hayratda ekanini bildirdi.


د. أحمد عبد الباسط خبير المخطوطات بمنظمة العالم الإسلامي للتربية والعلوم والثقافة (إيسيسكو)
 

Al Jazeera Net ga bergan intervyusida Islom sivilizatsiyasi markazi oʻzbek xalqining nafaqat islom olami, balki butun dunyo xalqlariga tuhfa ekanini, unda koʻplab sivilizatsiyalar aks etishini taʼkidladi. “Ayniqsa, Oʻzbekiston koʻplab fanlarning beshigi boʻlib, insoniyatni oʻz ilmiy yutuqlari bilan boyitgan olimlarni yetishtirgan”, — dedi u.

 

Markazning arab davlatlaridagi mutaxassislar bilan hamkorligi borasida jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Oʻktam Usmonov “Al Jazeera Net ga bergan intervyusida shunday dedi: markaz mutaxassislari Saudiya Arabistoni, Qatar, Quvayt va Misr kabi bir qancha arab mamlakatlariga tashrif buyurishdi, ular bilan hamkorlik bitimlari imzolashdi va natijada muzey uchun qator noyob eksponatlar qoʻlga kiritildi. Ayniqsa, Saudiya Arabistonidan Kaʼba sharifning asl kisvasi tuhfa sifatida taqdim etildi.


يضم المتحف مقتنيات نادرة لنسخ من المصحف الشريف
 

Xalqaro hamkorlik

 

Oʻzbekistonning xorijiy tajribalarga ochiqligi va markazning barcha boʻlimlarini mamlakat rahbarlari belgilagan konsepsiyaga muvofiq yakunlash imkoniyati haqida gapirar ekan, Usmonov shunday dedi: qurilish ishlari boshlanganiga 8 yil boʻlgan boʻlsa-da, turli sohalarda mahalliy va xorijiy mutaxassislar jalb etilgan.

 

Uning soʻzlariga koʻra, ekspertlar forumida bunday katta miqdordagi ishtirokchilarning boʻlishi markaz rahbariyatining ularning fikr va maslahatlaridan foydalanishga ochiqligi hamda markazni yaqin orada rasmiy ochilishiga tayyor holga keltirishga intilayotganining yaqqol dalilidir.


المنتدى كان فرصة للمشاركين للاطلاع على مقتنيات المركز قبل افتتاحه رسميا
 

Markaz 10 gektar maydonda qurilgan boʻlib, 3 qavatdan iborat. Uning meʼmoriy yechimi oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklari uslubini aks ettiradi. Unda balandligi 34 metr boʻlgan 4 ta darvoza va 65 metr balandlikdagi markaziy gumbaz mavjud. Markazda islomdan avvalgi sivilizatsiyalar, Sharqning birinchi va ikkinchi Uygʻonish davrlari hamda Oʻzbekistonning uchinchi Uygʻonish sari zamonaviy yoʻnalishiga bagʻishlangan ekspozitsiyalar mavjud. Qurʼon zali, innovatsion kutubxona va xalqaro hamkorlik orqali Oʻzbekistonning jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasini namoyish etish va kelajak avlodlarni jalb qilish maqsad qilingan.

 

Markaz Oʻzbekistondagi xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamda butun dunyo boʻylab taʼlim va tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda avvalgi avlodlar merosini oʻrganish va qayta talqin qilish uchun platforma sifatida loyihalashtirilgan.