Xoʻtan gilami – Buyuk Britaniya muzeyidan 200 yillik tarixga ega sovgʻa

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzey ekspozitsiyasiga Sharqiy Turkistondan kelib chiqqan va ikki yuz yillik tarixga ega Xoʻtan gilami taqdim etildi.
U 2025 yil fevral oyida dunyoda eng qadimiy auksion uylaridan biri — “Champions” orqali sotib olingan. Mazkur auksion uyi shu yil yubileyini nishonlayotgani sababli, artefaktning taqdimi yanada ramziy ahamiyat kasb etdi.
Asrlar davomida Xoʻtan gilamlari Sharqiy Turkiston hududida toʻqilib kelgan. Ular nafaqat yuksak hunarmandchilik mahorati, balki chuqur maʼnaviy timsollari bilan ham mashhur. Hadya qilingan Kembrij gilamida “Vogel” — uslubiylashtirilgan gulli vaza tasviri bor. U bahor, yangilanish va hayot ramzi sifatida talqin etiladi. Atrofidagi gullar esa ayollik, nafosat va serhosillik timsoli hisoblanadi.
Tarixiy va madaniy ahamiyati
Xoʻtan asrlar davomida Buyuk ipak yoʻlining muhim chorrahasi sifatida xizmat qilgan. Bu yerdan oʻtgan savdo yoʻllari orqali gilamlar nafaqat turmush buyumi, balki madaniyat va maʼnaviyat tashuvchisi sifatida butun dunyoga tarqalgan. Shu sababli, ularda Baqtriya, Eron, Xitoy va Hind madaniyatlari uygʻunligi yaqqol koʻrinadi.
Bugungi kunda Xoʻtan gilamlari Moskvadagi Sharq sanʼati muzeyida hamda Britaniyaning yirik auksion uylarida saqlanmoqda. Biroq naqsh va rang jihatidan Kembrij gilami ulardan alohida ajralib turadi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma