“Kelajakda yana tashrif buyurishni rejalashtiryapman” – Abdulrahman Albannaa






Abdulrahman Albannaa, Butunjahon islom uyushmasi konferensiyalar va tadbirlar vakili (Saudiya Arabistoni)

 

– Rostini aytsam, xalqaro ekspertlar forumida ishtirok etganimdan juda xursand boʻldim. Bu forum islom sivilizatsiyasi, muzeyshunoslik va tarix sohasi boʻyicha koʻplab mutaxassislar, tadqiqotchilar va ekspertlarni bir joyga jamladi. Menimcha, kelgusida bunday uchrashuvlarni muntazam oʻtkazish kerak, shunda markaz uchun foydali tavsiyalar ishlab chiqiladi.

 

Shuningdek, men Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurganimdan ham juda mamnunman. Markazga Prezident Shavkat Mirziyoyev va butun Oʻzbekiston davlati alohida eʼtibor qaratayotganini his qildim. Bu markaz faqat Oʻzbekiston uchun emas, balki butun dunyo uchun moʻljallangan. U butun islom sivilizatsiyasi va muzeyshunoslik sohalarida izlanish olib borayotgan mutaxassislar uchun noyob ilmiy-maʼrifiy markaz sifatida xizmat qiladi.

 

Men bu yerda koʻrgan ekspozitsiyalar — islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalaridan tortib, “Yangi Oʻzbekiston” davriga qadar boʻlgan tarixiy bosqichlar — meni juda hayratga soldi. Bu joyga kelgan har bir mehmon albatta markazni koʻrib chiqishi kerak, chunki bu yerda turli zamonaviy koʻrgazma vositalari va noyob tarixiy eksponatlar mavjud.

 

Men bu tashrifdan juda mamnun boʻldim va, inshaalloh, kelajakda yana tashrif buyurishni rejalashtiryapman.